PSJ xodimi: "Neymar futbol va pulga to'yib qolgan edi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2024, 12:00
PSJdagilar Neymar xodimlarda qanday taassurot qoldirganini aytib berishdi.

"Ikki yoki uch yaxshi mavsumdan so'ng Ney (Neymar) huddi zerikkandek ko'rindi. U futbolga va pulga to'yib qoldi. Braziliyalik g'alabaga tashnadek ko'rinmasdi. U faqat Braziliya terma jamoasi bilan sovrin yutishni xohlardi, "Brest" bilan o'ynashni emas" - dedi xodimlardan biri.

Shu bilan birga manbaning aytishicha, Luis Enrike jamoaga kelganidan sshhng Neymarga yangi klub qidirishi kerakligni aytgan.

"U Neymarga boshqa jamoa izlashi kerakligini ma'lum qildi va uni Yaponiyaga olib ketmasligini aytdi.

Luish Kampush Enrikeni ko'ndirib, Neymarni Osiyo turnesiga olib ketdi. Biroq hech narsa ish bermadi, futbolchi o'zini avvalgidek tutmasdi. Parijdagi bu hikoya yakuniga etgan edi" - dedi PSJga yaqin inson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe