JCH. Angliya bir kishi kam bo'lib qolib, Meksikani mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi

6 iyul 2026, 08:05
Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

JCH, 1/8 final

Meksika – Angliya 2:3

Gollar: 36, 38 - Jud Bellingem, 42 - Xulian Kinones, 60 - Xarri Keyn, 69 - Raul Ximenes

Meksika: 1. Raul Ranxel, 2. Xorxe Sanches (8. Alvaro Fidalgo, 79’), 3. Sesar Montes (4. Edson Alvares, 46’), 5. Xoan Vaskes, 23. Xesus Galyardo, 7. Luis Romo (26. Brian Guterres, 61’), 19. Xilberto Mora (11. Santyago Ximenes, 61’), 6. Erik Lira, 25. Roberto Alvarado, 9. Raul Ximenes, 16. Xulian Kinones (22. Gilermo Martines, 81’).

Zaxira: 12. Karlos Asevedo, 13. Gilermo Ochoa, 15. Israel Reyes, 20. Mateo Chaves, 17. Orbelin Pineda, 18. Obed Vargas, 24. Luis Chaves, 10. Ernesto Vega, 14. Armando Gonsales, 21. Sesar Uerta.

Angliya: 1. Jordan Pikford, 2. Ezri Konsa, 6. Mark-Izrael Gexi, 3. Niko O'Rayli (25. Jed-Xotep Spens, 75’), 26. Jarell Kuansa, 8. Elliot Anderson (15. Daniel Byorn, 75’), 4. Deklan Rays, 10. Jud Bellingem, 7. Bukayo Saka (5. Jon Stounz, 57’), 9. Xarri Keyn (17. Morgan Rojers, 90’), 18. Entoni Gordon.

Zaxira: 13. Din Xenderson, 23. Jeyms Trafford, 12. Trevo Chaloba, 24. Ris Jeyms, 14. Jordan Xenderson, 16. Kobbi Maynu, 21. Eberechi Eze, 11. Markus Rashford, 19. Olli Uotkins, 20. Chukvunonso Madueke, 22. Ayvan Toni.

Ogohlantirishlar: 1 - Deklan Rays, 68 - Mark-Izrael Gexi, 71 - Xorxe Sanches, 72 - Niko O'Rayli, 90+8 - Xoan Vaskes, 90+8 - Jordan Xenderson (zaxiradagi futbolchi)

Chetlatish: 54 - Jarell Kuansa

🕘 90+13. O'yin yakunlandi, Angliya - chorak finalda!

90+12. Ketma-ket burchak zarbalari Meksika ijrosida.

90+11. Raul Ximenes juda qulay vaziyatdan gol ura olmadi…

🏥 90+10. Santyago oyog'ini qayirib oldi, u maydon chetida yotibdi. Ko'p ehtimol buyog'iga Meksika bir kishi kam davom ettiradi o'yinni.

90+7. Raul Ximenesning zarbasi noaniq bo'ldi.

90+3. Rojers Meksika darvozaboni oldinga chiqib ketganini ko'rib, maydon markazidan zarba berdi, ammo to'pga meksikalik posbon yetib bordi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 11 daqiqa qo'shib berildi.

89. Fidalgoning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Pikford ushlab oldi!

82. Santyagoning zarbasi noaniq bo'ldi.

81. Meksikaning zaxiradan tushayotgan futbolchilari ham hujumni sevadigan futbolchilar hisoblanishadi. Vabank buyog'i.

79. Meksikaning shturmlari soni ortmoqda.

72. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

70. Dahshat o'yin ko'ryapmiz! Buyog'iga intriga yanada yuqori bo'ladi.

gettyimages-2284817002-2048x2048.jpg

⚽️ 69. GOL! Ximenes hisobni qisqartirdi! Raul penaltini aniq amalga oshirdi.

68. Penalti belgilandi Angliya darvozasi tomon!

📺 66. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. Qiziq…

gettyimages-2284816896-2048x2048.jpg

65. Endi Angliya jarima maydonchasi ichida qo'pollik: Xarri Keyn meksikalik raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.

64. Meksikaliklar shiddatni oshirmoqda, hujumlar soni ortmoqda.

61. Bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsa-da, angliyaliklar maqsadlariga eta olishdi. Meksika-chi? Qanday reakciya ko'rsatar ekan?!

gettyimages-2284816612-2048x2048.jpg

⚽️ 60. GOL! Keyn hisobni oshirdi! Xarri penaltini aniq amalga oshirdi!

gettyimages-2284815864-2048x2048.jpg

58. Penalti! Meksika darvozasi tomon! Meksikalik posbon Gordonga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

🔄 57. Tuxel darhol reakciya qilmoqda: Saka o'rniga Stounz maydonga tushdi.

55. Meksika endi nisbatan ustunlikka ega bo'ladi. O'yin harorati oshishi aniq.

🟥 54. Qizil kartochka! Angliya bir kishi kam bo'lib qoldi maydonda!

gettyimages-2284815608-2048x2048.jpg

📺 53. Kuansa meksikalik futbolchiga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Holat VARda ko'rib chiqilmoqda.

49. O'Raylining erlatib yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi…

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Montes darvozaga juda yaqin masofadan zarba bermoqchi bo'lganida Jud bunga yo'l qo'ymay, to'pni o'zi maydondan chiqarib yubordi!

45+3. Yana Raul! Bu safar uning bosh bilan bergan zarbasini Pikford qaytardi!

45+1. Ximenesning kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. Zo'r o'yin, olti daqiqada uchta gol ko'rdik.

gettyimages-2284813255-2048x2048.jpg

⚽️ 42. GOL! Kinones hisobni qisqartirdi! Jarima zarbasidan uzatilgan to'p himoyachilarga tegib qaydi, uni esa Xulian darvozaga aniq yo'lladi!

41. Endi meksikaliklar katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

39. Shunchaki dahshat! Endi Meksika qayta olarmikin?

gettyimages-2284812813-2048x2048.jpg

⚽️ 38. GOL! Jud Bellingemdan dubl! Dahshat! Ikki daqiqada ikkita gol! To'pni markazdan olib qo'yishdi angliyaliklar, Keynning uzatmasini Jud darvozaga yo'llab, dublga erishdi!

37. Endi o'yin sal bo'lsa-da “jonlanadi”. Meksikaliklar oldinga o'tishadi ko'proq.

gettyimages-2284812783-2048x2048.jpg

⚽️ 36. GOL! Bellingem hisobni ochdi! Saka o'ng tomondan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, Jud esa bosh bilan aniq zarba yo'lladi!

32. Romoning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

26. Gordon oldinga chapdan yurish qilib darvoza tomon zarba berdi, to'p Ranxelning qo'liga borib tushdi.

23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

19. Yana meksikaliklar oldinga o'tmoqda, darvoza tomon yo'llangan zarbasiga “blok” qo'yildi.

15. Raulning bosh bilan yo'llagan aniq zarbasini Pikford qaytardi!

8. Yuqori tempda boshlanmadi, har ikki jamoa ham xotirjam harakat qilmoqda.

🟨 1. Qoyil, ilk daqiqadayoq kartochka. Deklan Raysga “sariq” ko'rsatildi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Meksika – Angliya uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia