

Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun parijliklar sport direktori Leonardo Araujo jiddiy kirishgan. Braziliyalik forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, jamoa uni yana 2 yilga uzaytirish niyatida.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatining 5 o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'ydi.



