

PSJ ishqibozlari klub ofisi yonida norozilik namoyishi o'tkazishdi, deb xabar berdi "RMC Sport".
Muxlislar rahbariyatning iste'fosini, shuningdek, Lionel Messi, Neymar va Marko Verrattining jamoadan ketishini talab qilishdi.
"Bu kemada kapitan yo'q. Biz amaldagi ishlarga ko'proq e'tibor qaratadigan, so'raganimizda biz bilan uchrashadigan prezident bo'lishini xohlaymiz. Futbolchilar tufayli biz butun yil uyatli holatda qolyapmiz", – dedi parijliklar muxlislari rahbari Romen Mabil.
Aytishlaricha, PSJ muxlislarning harakatini o'rganmoqda.


