Pochettino: “G'azabdamiz, natijadan hafsalamiz pir bo'ldi”

Eldor Akmurzayev
20 fev 2022, 09:30
Fransiya chempionati 25-turida “Nant”ga uchralgan (1:3) mag'lubiyatdan keyin PSJ ustozi Maurisio Pochettino o'z fikrlarini bildirdi.

“Juda g'azabdamiz va albatta, natijadan hafsalamiz pur bo'ldi. Yomon o'ynamadik, yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo raqiblar darvozamiz oldida samaraliroq harakat qilgan uchun yutqazdik. Bu kabi holatlar bizga qimmatga tushmoqda. Men uchun ijobiy tomonlar ko'p, ammo “Nant”ga 1:3 hisobida yutqazib, ularni topish qiyin masala. Biroq, vazifamiz bugungi oqshomda yuzaga kelgan muammolarni izlab, ularga to'g'ri echim topishdir”, deydi Pochettino.

Parijliklar chempionat jadvalida 59 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr