Pioli Kessening ushbu mavsumdagi o'yinidan norozi. "Milan" xavbeki "Udineze"ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi

Alisher
11 dek 2021, 17:54
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse "Udineze"ga qarshi A Seriya 17-tur doirasidagi o'yinni zaxirada boshlaydi.

"Rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Pioli 24 yoshli xavbekning joriy mavsumdagi o'yinidan norozi. Shu sabab u bugungi o'yinda zaxirada qoladi.

Kesse joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

Uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia