Pike futbolchilik faoliyatidagi oxirgi o'yinini qizil kartochka bilan yakunladi. Qizig'i, u maydonga tushmadi

Eldor Akmurzayev
9 noya 2022, 08:15
Ispaniya chempionati 14-turida “Barselona” safarda qiyinchilik bilan “Osasuna”dan ustun keldi – 2:1.

O'yinning 31-daqiqasida Robert Levandovski raqibga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi. Jamoalar tanaffus vaqtida tribuna ostidagi yo'lakka yo'l olganida o'yinda qaydnomadan joy olgan va zaxirada bo'lgan Jerar Pike bosh hakam Xesus Xil Mansanoga etiroz bildirgan. Pike referiga yuzlanib, unga: “Sen kimni chetlatganingni bilasanmi?”, degan.

Shundan so'ng, Mansano o'sha erning o'zida Pikega qizil kartochka ko'rsatgan. 35 yoshli ispaniyalik o'tgan o'yinda “Kamp Nou”da xayrlashuv uchrashuvida qatnashgandi. Professional faoliyatidagi oxirgi o'yinida maydonga tushish esa unga nasib etmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Espana