"Persepolis" Sergeevga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2019, 21:15
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin.

Tehronning "Persepolis" klubi Sergeevga qiziqib qolgan. Bu haqda persianfootball nashri xabar berdi.

Hujumchi OCHL-2019 guruh bosqichida "Persepolis" darvozasiga gol urgandi. Fors klubi Sergeev bilan muzokara boshlagan.

Ayni paytda argentinalik Gabriel Kalderon boshqaruvidagi "Persepolis" "Al Garafa" hujumchisi Mehdi Taremi bilan ham muzokara o'tkazgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia