Peres Kovachichni sotishga rozi, uning o'rniga "Barselona"ning sobiq futbolchisini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 23:56
"Real" prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi Mateo Kovachichni sotishga rozilik berdi.

Bu haqda "Marca" ma'lumot bermoqda. Oldinroq xorvatiyalik futbolchi klub rahbariyatiga boshqa jamoaga ketish istagini ma'lum qilgandi. Shuningdek, yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi borasida ham iliq fikrlar bildirmagandi.

Endi Peres Mateoni sotib, uning o'rniga oldin "Barselona"da faoliyat olib borgan "Bavariya" futbolchisi Tyago Alkantarani olib kelishni rejalashtirmoqda.

Xorvatiyalikning vakillari ayni damda "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Inter" bilan muzokaralar olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca