Pellegrini: "Asosiysi "Barselona"ga qarshi uchrashuvda chetlatishlarsiz harakat qilish"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2015, 17:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi "Barselona"ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan oldin bu bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Shaharliklar" birinchi uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

"Biz birinchi uchrashuvning ikkinchi bo'limidagi kabi o'yin namoyish etishimiz kerak. "Barselona" to'pga egalik qildi, ammo bizda ham imkoniyatlar bo'ldi.

"Barselona"ga qarshi to'p uchun kurashish kerak, lekin bu jamoa har qanday jamoani bu borada ortda qoldira oladi. Har safar to'p bizda bo'lganida, jamoamiz raqibga muammo tug'dira olishi kerak. Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligimizni isbotlash uchun, "Barselona"ni mag'lub etishimiz kerak. Bu biz uchun imtihon. G'alaba uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim.

Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz, ammo bunday o'yinlarda hamma narsa yuz berishi mumkin. "Barselona"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynasang, muvaffaqiyatga erishishning iloji yo'q" - deydi Pellegrini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com