

"Barselona" klubi yarim himoyachi Pedrini "Real Madrid"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritishi mumkin.
20 yoshli futbolchi 16 fevral kuni sonidan jarohat olgandi. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Pedri "Real"ga qarshi o'yingacha jarohatdan to'liq qutiladi.
Ma'lumot uchun, Pedri La Ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol kiritishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv 19 mart kuni o'tkaziladi.



