"Barselona"ning yozgi asosiy tranfer maqsadi ma'lum

15 may 2026, 10:40
"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun "Barselona"ning asosiy maqsadiga aylandi.

Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

24 yoshli forvard nomzodini katalonlarning sport direktori Deku maqullagan.Kataloniyaliklar braziliyalikning atrofidagilar bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Ma'lumotlarga ko'ra, o'tish ispan klubiga 70 million evro tushishi mumkin.

Avvaliga "Barselona" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishni xohlagan. Katalonlar uning transferi uchun 100 million evro to'lashga tayyor edi. Biroq PSJ argentinalik uchun yanada yuqoriroq summa taklif qilishga tayyor, "matrasniklar" esa forvardni boshqa ispan klubiga qo'yib yubormoqchi emas.

Joao Pedro 2025 yildan buyon "Chelsi"da o'ynamoqda. Uning "ko'k"lar bilan shartnomasi 2033 yil yozigacha mo'ljallangan. Braziliyalik londonliklar safida jami 51 o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo