"Paxtakor"ning yangi stadioni qanday bo'lishi mumkin? FOTO

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 18:28
Klub rahbariyati yangi stadionni qurish uchun kompaniyalar tomonidan taklif etilgan loyihalarni o'rganib chiqishni davom ettiryapti.

Hozirgi kungacha 10 kompaniya o'z loyihasini taqdim qilgan:

1.  Arena.com (Germaniya) – loyihalari: Zenit Arena, Maksimir.


2.  Oberhofer (Avstriya) – loyihalari: Bunyodkor stadioni, Forumlar saroyi (O'zbekiston).


3.  Arena loyiha instituti (Rossiya) – loyihalari: SSKA, Lokomotiv, Sochi markaziy olimpiya stadioni (Rossiya).


4.  Akay Constractions (Turkiya) – loyihalari: Antalya Stadium, Fenerbahce (Turkiya).


5.  Ronesans Proje (Turkiya) – loyihalari: Treblus (Xorvatiya).



6.  Siemens (Germaniya) – loyihalari: Lujniki, SSKA, Fisht, Krasnodar, Axmat Arena (Rossiya).


7.  Saraiva Associados (Portugaliya) – loyihalari: Baghdad Stadium (Iroq), Naval Maio Soccer Stadium (Portugaliya).


8.  Magnum (Rossiya) – loyihalari: Krilatskoe sport tayyorgarlik markazi, Irina Viner-Usmonova xalqaro sport akademiyasi (Rossiya).


9.  Sepeco Construction (Turkiya) – loyihalari: sanoat obektlari, mehmonxona majmualari.


10.  Meinhardt (Singapur) – loyihalari: Al-Sunbula Stadium (Iroq), Quvayt olimpiya qishlog'i, Baghdad Arena (Iroq).


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" rasmiy saytida xalqaro tanlov e'lon qilingandi. Yakunda klub unda ishtirok etish uchun bir necha arizalar qabul qildi.

Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati yangi stadion qurilishi loyihasi uchun eng yaxshi variantni tanlab oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz