"Paxtakor" ertaga yangi o'yinchilarini noodatiy tarzda tanishtiradi

Tolibjon Qosimov
13 mar 2019, 16:06
Ertaga, 14 mart kuni "Paxtakor" tarkibiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar Superliga boshlanishi oldidan rasman tanishtiriladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimot marosimi "Paxtakor" stadionida soat 14:00da boshlanadi. Ushbu marosim noodatiy tarzda o'tkaziladi. Unda yangi futbolchilar akademiya tarbiyalanuvchilari bilan maydonda futbol o'ynashadi va taqdimot shu tarzda amalga oshiriladi.


"Paxtakor" matbuot xizmati barchani ushbu marosimga taklif etadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Pakhtakor.uz