O'zbekiston - Ummon o'yini SPORT TV orqali jonli namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
27 may 2014, 11:05
Bugun Olmaliq shahrida O'zbekiston va Ummon terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ko'pchilik ushbu o'yin SPORT telekanali orqali namoyish etiladimi degan savol bilan murojaat qilmoqda.

Telekanal xodimlarining aytishicha O'zbekiston - Ummon uchrashuvi soat 19:00dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. 

Bahsni Davron Fayziev sharhlab boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia