O'zbekiston U-20 Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Alisher
20 yanv 2024, 22:32
Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yil U-20 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi.

Oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik ko'rish maqsadida bugun jamoa Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishishdi. 

25 yanvardan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Indoneziyaning Jakarta shahrida davom ettiriladi. O'zbekiston U-20 Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan. 

28 yanvar

Tailand -  O'zbekiston

30 yanvar

Indoneziya -  O'zbekiston

Ma'lumot o'rnida, ayni kunlarda terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilar o'z klublari safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotganligi sababli murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni maqsad qilishgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати