
1992 yildan buyon rasmiy o'yinlar o'tkazib kelayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugungi kunga qadar 212 ta rasmiy o'yin o'tkazgan.
Shundan 99tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan. 44ta o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, qolgan 69ta bahsda raqiblarning qo'li baland kelgan. O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari raqiblar darvozasiga jami 397 ta gol urib o'z darvozalaridan 259ta to'p olib chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, JCH-2014 saralashi doirasidagi Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'yinlar 6 va 10 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.