

Rejaga ko'ra 26 mart kuni Toshkentda qo'shni davlat jamoalar o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim edi. Ammo Qozog'iston bosh murabbiyi, chexiyalik Mixal Bilek tufayli uchrashuv o'tkazilmaydigan bo'ldi. Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, u Osiyo terma jamoasiga qarshi o'ynashdan mano ko'rmayotganini aytgan va shu bois bahs bekor qilingan.
Ma'lumot uchun, Bilek 2019 yil yanvar oyida Qozog'iston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Mart oyida O'zbekiston - Qozog'iston o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi mumkin
Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin bo'lmaydi
Eshitdik-da: O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi



