

Bu haqda dastlab qozog'istonlik bloger "Kozhakhmet_inside" kanali xabar qilgandi.

So'ngra O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Falastinga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Qozog'iston terma jamoasi bilan martda o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi haqida ma'lumot bergandi.
Bugun esa qozog'istonlik bloger "Kozhakhmet_inside" kanali qo'shnilar bilan o'yin bo'lmasligi haqida yozdi.
Biroq bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston hamda Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Hozircha tomonlar rasman kelishuvga erishishmaganiga sababi esa o'yin translyatsiyasining texnik masalalari to'liq hal etilgani yo'q. Shu tufayli har ikkala tomon mazkur bahs bo'yicha rasman kelishuvga erishishgani yo'q. Eshitishimizga qaraganda, bu masala yaqin orada hal etiladi hamda ko'pchilik kutayotgan O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi.



