

"A" guruhi doirasidagi ushbu ikki uchrashuvning boshlanish vaqtlari va joyi ma'lum bo'ldi.
Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvi 6 oktyabr kuni, soat 18:00da start oladi. O'zbekiston - Xitoy uchrashuvi 11 oktyabr kuni, 18:00da boshlanadi. Har ikki o'yin ham Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.
Takidlash kerakki, O'zbekiston milliy terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichi, dastlabki ikki turida g'alaba qozonib, 6 ochko bilan o'z guruhi peshqadami bo'lib turibdi.



