“Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” oy oxirida ma'lum bo'ladi

10 noya 2014, 15:36
Ma'lumki, OFK tomonidan har yilning oxirida yil yakunlariga bag'ishlangan katta tadbir tashkil qilinadi va tadbir davomida yilning eng yaxshilari e'lon qilinadi.
Bu safar mana shunday katta tadbir 30 noyabr kuni Manila shahrida o'tkaziladi va unda yilning “Eng yaxshi futbolchisi” kimligini bilib olamiz. O'tgan yil bu sovrinni xitoylik Jeng Ji qo'lga kiritgandi. Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Server Jeparov ikki bor (2008, 2011) mazkur sovrin sohibi bo'lgan. OFK tomonidan yilning eng yaxshi o'yinchisini aniqlash va taqdirlash 1994 yildan beri o'tkazib kelinyapti. Quyida barcha sovrindorlarni keltirib o'tamiz.

1994 y. Said Ovayran (S.Arabistoni)
1995 y. Masami Ixara (Yaponiya)
1996 y. Xudodad Azizi (Eron)
1997 y. Xidetoshi Nakata (Yaponiya)
1998 y. Xidetoshi Nakata (Yaponiya)
1999 y. Ali Dayi (Eron)
2000 y. Navaf Al Temiyot (S.Arabistoni)
2001 y. Fan Ji (Xitoy)
2002 y. Shinji Ono (Yaponiya)
2003 y. Mehdi Mahdavikiya (Eron)
2004 y. Ali Karimi (Eron)
2005 y. Hamad Al Montashari (S.Arabistoni)
2006 y. Xalfan Ibrohim (Qatar)
2007 y. Yosir Al Qahtoni (S.Arabistoni)
2008 y. Server Jeparov (O'zbekiston)
2009 y. Yasuxito Endo (Yaponiya)
2010 y. Sasha Ognenovski (Avstraliya)
2011 y. Server Jeparov (O'zbekiston)
2012 y. Li Kyun Xo (J.Koreya)
2013 y. Jeng Ji (Xitoy)
2014 y. ???

Manba: championat.asia