Muxlislarimizga yaxshi ma'lum, bu musobaqa O'zbekiston terma jamoasi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Osiyo Kubogiga jo'nab ketish oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa oldiga sovrinli o'rinlardan birini egallash vazifasi qo'yilganini aytib o'tgandi. Buning uchun eng avvalo guruhdan chiqish talab etiladi. Bilasiz, guruh bosqichida KXDR, Xitoy va Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boramiz.
O'FF binosida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov “Biz guruhdagi raqiblardan kuchlimiz, hatto o'sha Saudiya Arabistonidan ham” deb baralla gapirdi. Bunday ishonch bilan gapirish albatta, yigitlarning ruhiyatiga ta’sir ko'rsatishi shubhasiz. Endi gap kuchli ekanligimizni maydonda isbotlashda qolyapti. Kecha Toshkent vaqti bilan 21:15da qo'zg'algan samolyot salkam etti soatlik parvozdan so'ng Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga kelib qo'ndi. Aeroport shahardan ancha tashqarida bo'lgani sababli to mehmonxonaga yetib kelgunimizcha oradan yana bir soat o'tdi.
Biz joylashgan “Renaissance” nomli mehmonxonaga O'zbekiston muxlislar klubi a'zolari bilan birga keldik. Mehmonxona shundoq Kuala-Lumpurdagi eng mashhur “egizak” binolar yaqinida joylashgan. Nari borsa o'n daqiqa piyoda yurib “egizak” binolar oldiga borsa bo'ladi. Aeroportdan chiqqan paytimizda havo ancha dim bo'lib, keyinchalik ikki marta kuchli yomg'ir quyib berdi. Bu yerda o'zi ob-havo shunaqa: ochiq havo to'satdan yomg'irga aylanishi hech gap emas.
Bugungi rejalar asosan ertangi safarga tayyorgarlik ko'rishdan iborat. Negaki ertaga mahalliy vaqt bilan soat 7:00da Sidney sari otlanamiz. Bu paytda Toshkentda sahargi to'rt bo'ladi. Bir nechta muxlislar qatori “SA”ning uch nafar xodimi - Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev va men “Yashil qita”ga yo'l olamiz. Nasib qilsa, Avstraliyaga yetib olganimizdan so'ng haqiqiy ish ana o'shanda boshlanadi. Imkon qadar saytimizda Osiyo Kubogini atroflicha yoritib borishga harakat qilamiz. Hozircha esa shu, bizni kuzatishda davom eting va biz bilan qoling!
Xayrulla Xoliqov,
Kuala-Lumpur, Malayziya.