Osiyo futboli. "Istiqlol" Jeparov o'rniga Shojayini ko'zlayapti

Xayrulla Xoliqov
29 iyul 2018, 15:01
Hamyurtimiz Server Jeparov Eronning "Istiqlol" klubini tark etganidan xabaringiz bor.

Jeparov endilikda faoliyatini Qozog'istonning "Jetisu" klubida davom ettiradi. "Istiqlol" esa uning o'rniga yangi futbolchi qidirishni boshladi. Asosiy nomzod sifatida Masud Shojayi qaralmoqda. Ma'lumki, "Istiqlol" OCHL chorak finalida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi. 

Masud Shojayi oxirgi mavsumni Gretsiyaning AEK klubida o'tkazdi, biroq hozirda jamoani tark etishga tayyor turibdi. Ushbu yarim himoyachi uchta jahon chempionatida qatnashgan eronlik yagona futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Shojayi uchta Osiyo Kubogida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com