

"Xvicha – zo'r yigit, buni bir ko'rishdayoq anglagandim. Kiyinish xonasidagi hamma uni nafaqat maydonda qilayotgan ishlari, balki stadiondan tashqaridagi harakatlari uchun ham yaxshi ko'radi. Ishonamanki, yaqin yillarda u "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi. Shuningdek, u "Napoli"ni katta muvaffaqiyatlar sari etaklashiga umid qilaman", – dedi Osimxen.
Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli"ga 2022 yilning iyulida Batumining "Dinamo"sidan kelib qo'shilgandi. 2022/23 yilgi mavsumda 22 yoshli gruziyalik neapolliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



