"Oq-tepa". Navbatdagi g'alaba qo'lga kiritildi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 00:14
Kuni kecha Toshkent shahar chempionatida 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Mazkur turda o'z maydonida "Lokomotiv-1"ni qabul qilgan jamoamiz navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi. Sergey Uvarov va Abduvohid Abdukarimovning gollariga mehmonlar bitta javob qaytarishdi. Shu tariqa g'alabali seriya davom etdi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz navbatdagi uchrashuvni "Nosta"ga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 19-20 iyun sanalariga belgilangan.


TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI

OQ-TEPA - LOKOMOTIV-1 - 2:1

16 iyun. Toshkent. "Oq-tepa" maydoni.

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov.

"Oq-tepa": Rustam Dadaboev, Abdulaziz Ashrafxonov, Sergey Uvarov, Islomjon Ortiqov, Olmos Fayziev (Firdavs Kenjaev), Islomjon Yo'ldoshev, Shohruh Gulmurodov (Jahongir Ismoilov), Izzatilla To'lqunov, Irisdavlat Hakimov, Abduvohid Abdukarimov, Baxtiyor Haitov (Vladimir Gavrilov).

Gollar: Sergey Uvarov, Abduvohid Abdukarimov.


"Oq-tepa" FK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia