"Oq-tepa": BO'SM-16 uchrashuvga kelmadi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 17:35
Avval xabar berganimizdek, bugun yoshlar jamoamiz Toshkent shahar birinchiligida navbatdagi uchrashuvni o'tkazishi lozim edi.
“Oq-tepa-2”ning bugungi raqibi BO'SM-16 jamoasi bo'lib, mazkur raqiblar “Oq-tepa” stadionida hisob-kitob qilishlari lozim edi. Rejaga ko'ra, o'yin 14:15da boshlanishi belgilandi. Biroq bahs o'tkazilmadi. Boisi, BO'SM-16 jamoasi tashrif buyurmadi. Reglamentga ko'ra, safar o'yiniga hech qanday ogohlantirishlarsiz kelmagan klubga texnik mag'lubiyat yoziladi. Hozircha BO'SM-16 nima uchun uchrashuvga kelmagani biz uchun qorong'u bo'lib turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz