"Olmaliq": Menassel va Omonov ketdi, tunislik futbolchi keldi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 10:42
Jamoamizning xorixda olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini rejaga muvofiq davom etmoqda.
"Minsk" jamoasiga qarshi o'yindan so'ng, ko'rikda bo'lgan Arslonmurod Omonov va Nasser Menasselga javob berildi. Bugundan jamoa tarkibiga tunislik Shaker Zuagi kelib qo'shildi. 1985 yilda tavallud topgan Zuagi Tunisning "Olimpik de Bedja" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisbolanadi. Markaziy yarim himoyachi 2006-2009 yillarda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya etgan bo'lsa, keyinchalik Shveytsariyaning "Cyurix" klubida 2010-2012 yillar faoliyat olib bordi. Uning so'nggi jamoasi Tunisning "Esperans"idir. Shaker Tunis terma jamoasi tarkibida 14 o'yinda ishtirok etgan va bir marta raqib darvozasini ishg'ol etgan.

Tunislik futbolchi ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, jamoamiz sharafini himoya etishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz