Oliy liga-2016. "Buxoro"ning quruq seriyasi 270 daqiqaga etdi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2016, 20:41
Bugun oliy liganing 3-turida "Buxoro" klubi o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qilib 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Shunday qilib jamoa uchinchi o'yinda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Dastlabki turda Buxoroda "Olmaliq" 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. So'ngra Toshkentda "Obod" bilan durang qayd etilgandi - 0:0.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" bu mavsumda gol o'tkazmagan ikki jamoadan biri. "Bunyodkor" ham dastlabki 3 turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

"Buxoro" klubi 4-turni 9 aprel kuni vodiyda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia