"Nottingem Forest" Xendersonni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin

Alisher
16 iyun 2022, 18:24
"Nottingem Forest" "Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xendersonni bo'lajak mavsumda ijaraga olishga yaqin.

Bitim o'zida 25 yoshli angliyalikni 20 million funt evaziga xarid qilish bandini o'z ichiga oladi.

Kelishuv amalga oshsa, MYU kelasi mavsum futbolchining maoshini bir qismini to'lash mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi kutilmoqda.

Xenderson - MYU tarbiyalanuvchisi. Darvozabon 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 3ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazib yubordi. Transfermarkt o'yinchini 16,2 million funtga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports