Nikola Vlashich to'laqonli “Torino” futbolchisiga aylandi

Alisher
9 avg 2023, 09:38
O'tgan mavsumda “Torino” safida ijarada harakat qilgan Nikola Vlashich Italiya klubida qoladigan bo'ldi.

“Torino” futbolchining transfer huquqini “Vest Xem”dan 12 million evroga sotib oldi. Xorvat italiyaliklar bilan 4+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekkan.

O'tgan mavsumda Nikola Vlashich A Seriyaning 34 ta uchrashuvida maydonga tushgandi. Uning hisobida beshta gol va oltita golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com