Xorvatiya terma jamoa yarim himoyachisi jarohat sabab "Evro"ni tark etadi

Omonjon To`xtamirzayev
18 iyun 2024, 16:04
Xorvatiya terma jamoasi va "Torino" yarim himoyachisi Nikola Vlashich mushaklaridagi jarohat sababli musobaqani ertaroq tark etishga majbur.

Futbolchi mushaklaridan jarohat olgan va terma jamoasiga yordam bera olmasligi ma'lum bo'ldi. 

Xorvatiya bosh murabbiyi Zlatko Dalich futbolchini qo'llab-quvvatladi.

"Nikola jamoaga Evro-2024da yordam berish uchun ulkan ishni bajardi va u tarkibning muhim a'zosi hisoblanadi. Afsuski, ikkinchi jarohat vaziyatni butkul qiyinlashtirib yubordi va endi men unga faqatgina qilgan mehnatlari uchun rahmat ayta olaman".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Хорватия терма жамоаси твиттери