Neymarning jarohati jiddiy emas

Tolibjon Qosimov
26 fev 2018, 14:07
"L`Equipe" nashrining xabar berishicha, PSJ forvardi Neymarning oyog'idagi jarohati jiddiy emas.

Braziliyalik Liga 1 27-turidagi "Marsel"ga qarshi bahsda maydonni zambilda tark etgan edi.

Avvaliga jarohat anchagina jiddiydek ko'ringan edi. Lekin, o'yindan keyingi matbuot anjumanida parijliklar ustozi Unai Emeri jarohat unchalik jiddiy emasligini aytdi. Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari yakuniy tashxisni yaqin orada o'tadigan tekshiruvdan so'ng qo'yishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L`Equipe