

Toshkent jamoasi forvardi tez orada "sherlar" safini tark etadi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining Telegramdagi kanalida ma'lum qildi.
Igor Sergeevning "Paxtakor" bilan shartnomasi yakuniga etgan. U jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Sergeev katta ehtimol bilan legionerga aylanadi.
Hujumchi joriy mavsum "sherlar" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.



