Ro'ziqul Berdiev: "Yigitlar maydonda bor kuchlarini ishga solishdi"

Khoja
24 dek 2025
OCHL Elit-2025/26 musobaqasi 6-turi doirasida bo'lib o'tgan “Al Ittihod” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi va maydonda bor kuchlarini ishga solishdi. Oxirigacha kurash olib bordik. Qarshi hujumlarda golli vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik", - deb fikr bildirdi murabbiy.


KhojaMuallif
Manba: @fcnasaf