Neymar PSJ mag'lubiyatidan so'ng Kampushga: "Sen mening murabbiyim emassan"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2023, 02:15
Neymar va Luish Kampush o'rtasidagi mojaro haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
PSJ "Monako"dan uchragan mag'lubiyatidan (1:3) so'ng Neymar va Markinos klubning futbol ishlari bo'yicha maslahatchisi (Kampush) bilan tortishib qolishdi. Kampush birinchi bo'limdan so'ng bazi futbolchilarga noroziligni ochiqchasiga namoyon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Neymar Kampushga shunday degan: "Sen men bilan suhbatlasha olmaysan, murabbiyim emassan".

Braziliyalik futbolchi "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final bahsi oldidan Kampush bilan mojaro bo'lganini tasdiqladi.

"Fikrlarimiz to'g'ri kelmadi. Bunaqasi har kuni bo'lib turadi, ammo men ularning barchasini yaxshi ko'raman. Bu huddi sevgan qizimdek. Futbol faqat muhabbat va do'stlikdan iborat emas. Bazida tortishuv ham bo'lib turadi" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GFFN