

Ilgariroq 25 yoshli futbolchi Joze Mourinyo bilan munosabatlari yomonlashgani sababli ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.
Goal.com nashrining xabariga ko'ra, sentyabr oyi oxirlarida Neymar fransiyalik futbolchiga telefon qilib PSJ o'tish imkoniyatlari haqida gaplashgan.
Neymar va Pogba ancha oldin do'stlashishgan. 2016 yil Neymar muntazam Pogba bilan gaplashib turgan. O'shanda “Barselona” francuz futbolchisini qo'lga kiritishga urinib ko'rgandi.
26 yoshli hujumchi PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfini ushbu transferni amalga oshirishiga ko'ndirmoqchi.



