Neymar "Barselona"ga o'ta olmasligi aniq bo'lganidan keyin yig'lagan

Mirjalol Normatov
4 sen 2019, 22:07
PSJ hujumchisi Neymar "Barselona"ga transferi barbod bo'lganidan keyin anchagina xafa bo'lgan.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, 31 avgustda kataloniyaliklar 27 yoshli forvardning transferi borasida yakuniy javobni olishgan va unda PSJ taklifni rad etgani ma'lum bo'lgan. Ushbu xabarni eshitganidan keyin esa braziliyalik hujumchi yig'lab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Neymar ushbu yozdayoq "Barselona"ga qaytishni astoydil istayotganini aytib o'tgandi. Uning xizmatlariga "Real" va "Yuventus" kabi klublardan ham qiziqishlar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito