

Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaliklar sobiq futbolchisi Lionel Messining to'yida braziliyalik bilan gaplashganini, o'z navbatida Neymar klubda baxtli emasligini aytganini ma'lum qildi.
"Neymar menga jamoani o'zgartirmoqchi ekanligini aytdi. Men nima uchunligini so'radim, u esa o'zini baxtli his qilmayotganini va tez orada Yevropada yangi tajriba to'plash uchun PSJga o'tishini aytdi. Oxirida unga shunday dedim: "Agar bu sening yakuniy qaroring bo'lsa, biz uni hurmat qilishimiz kerak". O'ylashimcha, Neymar va Mbappega ega bo'lgan PSJ joriy mavsum Chempionlar ligasini yutish uchun hamma imkoniyatga ega.
Bir safar men ingliz klubi vakillari va Ser Aleks Fergyusonning akasi bilan suhbatlashganman. Chunki, ular meni MYU tarkibida ko'rishmoqchi edi. Lekin, men "Barselona" safida qolish qatiy qaror qilganman. Men hamisha butun faoliyatimni o'sha yerda o'tkazishni orzu qilganman. Bu men haligacha qalbimda saqlab kelayotgan dunyodagi eng yaxshi klub", - dedi Xavi.






