"Neftchi"ning Toshkentdagi yig'iniga xorijlik futbolchi kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
16 dek 2022, 18:16
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ko'tarinki ruhda o'tayotgan mashg'ulotlarda murabbiylar shtabi bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda. Xususan, jamoaning yig'iniga gruziyalik yarim himoyachi Luka Nadiradze kelib qo'shildi. Ma'lumot uchun futbolchi o'tgan mavsumni  Slovakiyaning "Novograd Luchenec" jamoasida o'tkazgan. 1996 yilda tug'ilgan Nadiradze Gruziya U-21 terma jamoasida to'p tepganini aytish joizdir. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia