“Navbahor” mehribonlik uyida VIDEO

Narzulla Saydullayev
27 mar 2018, 17:50
26 mart kuni Namanganning “Navbahor” PFK rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi, futbolchilari va OAV xodimlari Namangan shahridagi viloyat 26-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

Mazkur Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarida  “Navbahor” klubi tomonidan to'plar, sport formalari, salqin ichimliklar va shirinliklar sovg'a qilindi. Shuningdek, jamoa futbolchilari tarbiyalanuvchilarga “master-klass” namoyish etishdi.

Qisqasi, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bugun ancha xursand bo'lishdi va 26 mart sanasi ular uchun unutilmas kun bo'lib qoldi.  



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia