“Nasaf” ilk bor Farg'onadan yirik g'alaba bilan qaytdi

14 okt 2017, 00:46
Oliy liganing 24-turida “Nasaf” Farg'onada “Neftchi”ni yirik 3:0 hisobida taslim etdi.

Ushbu g'alaba qarshiliklarning joriymavsumdagi 15 g'alabasi sifatida qayd etildi. E'tiborli jihati, “Nasaf” o'zaro o'yinlar tarixida ilk bor Farg'onada “Neftchi”ni yirik hisobda mag'lub etdi. Bungacha “ajdarlar” vodiyda mezbonlar ustidan jami uch marta kichik hisoblarda (2010 – 1:2, 2014-0:1, 2015-0:1) g'olib chiqishgan. Umuman qarshiliklar sakkiz yildan buyon Farg'onada “Neftchi”ga mag'lub bo'lmay kelishmoqda. "Neftchi" so'nggi marta 2009 yilda o'z uyida "Nasaf"dan uch ochko olgan.

Joriy mavsumda “Neftchi” har ikkala davradagi bellashuvda ham qarshiliklar darvozasiga yo'l topa olmadi (0:2, 0:3). 2015 yilgi mavsumdagi uchrashuvlarda ham “Nasaf” har ikki bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi. (Qarshida ham, Farg'onada ham 1:0 hisobida zafar quchilgan).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia