"Napoli" yana "Barselona" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 12:42
"Napoli" murabbiylar shtabi "Barselona" yarim himoyachisi Denis Suaresga qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Ispan grandi "Napoli"ga rad javobini bergan edi, biroq neapolliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarriga Suaresning o'yini juda yoqadi. Sarrining fikricha, "Napoli" Suares bilan Chempionlar ligasida uzoqroqqa bora oladi.

Oldinroq, bosh murabbiyi Ernesto Valverde unga ishonch bildirmayotgan bo'lsada, Suaresning o'zi jamoada qolishni istagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport