

Denis “Selta” bilan 4 yillik bitimga imzo chekkan. Shartnomaning moliyaviy tomonlari ochiqlanmagan. Ammo norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, “Selta” Suares uchun “Barselona”ga 15 mln evro to'lab bergan.
O'tgan mavsum Denis La Liganing atigi 2 ta o'yinda qatnashdi. Shuningdek, mavsumning 2-qismini Londonning “Arsenal”da ijarada o'tkazdi.



