"Napoli" – "Barselona": tribunalarda tomoshabinlar bo'ladi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2020, 17:57
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Napoli" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Neapoldagi o'yin qoldirilmaydi va tribunada muxlislar bo'ladi. Shahar Kampaniya territoriyasiga to'g'ri keladi va u yerda hozircha koronavirus bilan kasallangan birorta ham inson qayd etilmagan. Ammo butun Italiyada bo'lgani kabi ehtiyot choralari albatta ko'rilmoqda.

Italiya OAVdagi xabarlarga ko'ra, "Barselona" delegaciyasi vakillari Neapolga yetib kelgani hamonoq harorati tekshirilgan va zarur choralar ko'rilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Gazzetta dello sport