

Ingliz jamoasi rahbarlari "Bavariya" hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Motingga ko'z tikishgan. Ular Ronaldu qishda MYUni tark etishiga umid qilib, Shupo-Moting transferi bo'yicha imkoniyatlarni chamalab ko'rishdi.
Biroq kamerunlik jamoasini o'zgartirmoqchi emas. Qatardagi mundialdan so'ng futbolchi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Forvard joriy mavsum barcha turnirlarda "Bavariya" safida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 3ta assist qayd etdi.



