MYU Kavanini saqlab qolmoqchi. Forvard oilasi bilan gaplashganidan so'ng qaror qabul qiladi

Alisher
30 apr 2021, 14:28
"Manchester Yunayted" forvard Edinson Kavanini yana bir mavsum jamoada qolishi uchun ko'ndirishga umid qilmoqda.

Klub rahbariyati 34 yoshli o'yinchi qolishini xohlaydi - urugvaylik futbolchiga so'nggi uchrashuvda shunday deyishdi.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher ham futbolchini saqlab qolish tarafdori. Kavani yaqinlari bilan suhbatdan so'ng qaror qabul qiladi va bu haqda xabar beradi.

Kavani joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano