MYU Goretckaga qiziqmoqda. "Bavariya" yarim himoyachi uchun 40-50 mln evro xohlamoqda

Administrator
16 iyul 2023, 20:38
Futbolchining o'zi Myunxenda qolmoqchi.

"Manchester Yunayted" klubi "Bavariya" xavbeki Leon Goretckaga qiziqmoqda. Nemis klubi futbolchi uchun 40-50 mln evro to'lanadigan bo'lsa, uni qo'yib yuborishga tayyor. Goretcka Tuxelning yangi mavsum uchun rejalarida yo'q.

Ushbu holatni esa "Manchester Yunayted" klubi kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, Goretckaga bir necha boshqa top klublar ham qiziqish bildirishmoqda. Futbolchining o'zi esa "Bavariya"da qolishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Goretcka "Bavariya" tarkibida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland