MYU "Bavariya"dan ko'ra Goretckaga ko'proq maosh taklif qilmoqda

Alisher
23 iyul 2021, 17:38
Yarim himoyachi Leon Goretcka "Bavariya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

26 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Angliyaliklar futbolchiga "Bavariya"ga qaraganda ancha katta maosh taklif qilishmoqda.

Germaniyalik futbolchining vakillari tez orada "Bavariya" bilan yana bir bosqichda muzokaralar o'tkazishadi.

Oldinroq, Gorectka bilan 2022 yilda "Real" shartnoma imzolashni xohlayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild