"Muvaffaqiyatlarda Xavercning hissasi katta" - Arteta

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 17:52
"Arsenal" bosh murabbiyi Kay Havercning muvaffaqiyatini qayd etdi.

Mikel Arteta germaniyalik yarim himoyachining Chempionlar Ligasidagi o'yiniga yuqori baho berdi.

"U tobora yaxshilanmoqda, o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda. Uning ikkita goli – juda muhim gollar, chunki ulardan biri bizga g'alaba keltirdi, kecha esa u hisobni ochdi. Muvaffaqiyatlarda uning hissasi katta", – dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, kecha, 29 noyabr kuni "Arsenal" o'z maydonida "Lans"ni yirik 6:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano