

"Bu men uchun katta sharaf. Men ushbu mukofotni olganimdan juda xursandman. Men buni umuman kutmagandim. Menga ovoz bergan barchaga rahmat aytmoqchiman. Bu terma jamoa bilag ishlashda davom etish, o'sish va muvaffaqiyatga erishish uchun rag'batdir. Bu – asosiy maqsad. Shaxsiy mukofot yaxshi, lekin men Germaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ko'proq yutuqlarga erishmoqchi edim", – dedi Musiala.
Eslatib o'tamiz, Musiala muxlislarning 66 foiz ovozini to'plagan. Yarim himoyachilar Kay Xaverc va Joshua Kimmix kuchli uchlikka kirdilar.



